Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasida muhim yig‘ilish

14 Jul, 2025 - 15:18
17
Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasida muhim yig‘ilish

Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasida muhim yig‘ilish

 

Joriy yilning 14 iyul sanasida Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Sh.Tilavov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda tizimga oid barcha madaniyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbirni ko‘tarinki ruhda, yuksak tashkilotchilik darajasida va ajoyib kayfiyatda o‘tkazish yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.

Tegishli tashkilotlarga quyidagi topshiriqlar berildi:

🔹 Mustaqillik bayrami tadbirlarini yuqori saviyada tayyorlash va tashkillashtirish;

🔹 Milliyligimiz va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari hamda badiiy dasturlar yaratish;

🔹 Aholi va yoshlar uchun ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy kuy-qo‘shiqlarni tayyorlash;

🔹 Tashkiliy va texnik jihatdan barcha tayyorgarlik ishlarini tezkorlik bilan boshlab yuborish.

Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga vazifalar ijrosini nazoratga olish va belgilangan muddatlarda taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 34 yilligi – milliy g‘urur va birdamlik ramzi!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash