Teatr binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi

01 Jul, 2025 - 16:57
19
Teatr binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi

Teatr binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi

 

2025-yil 1-iyul kuni Buxoro viloyati musiqali drama teatrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi. Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari B.Z. Shahriyorov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.B. Tilavov, teatr direktori Y. Genjayev va mas’ul xodimlar bilan birgalikda teatr binosini ko‘zdan kechirdilar.

O'rganish jarayonida binoda  isitish tizimidagi kamchiliklar va ayrim qismlarni ta’mirlash ehtiyoji borligi ta’kidlandi.
🔹 Mutasaddilar tomonidan binoni kuz qish mavsumiga tayyorlash, yangilash va ta’mirlash ishlarini qisqa fursatda boshlash masalasi ko‘rib chiqildi. Shu munosabat bilan viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi hamda teatr ma’muriyati o‘zaro hamkorlikda yaqin oylar ichida kuz-qish mavsumiga tazyyorgarlik ishlarini amalga oshirishni rejalashtirdi.
🔹 Ushbu masala yuzasidan Buxoro viloyati qurilish boshqarmasidan jalb qilingan mutaxassislar tomonidan texnik xulosalar taqdim etildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash