OCHILISH MAROSIMI VA YANGI SPEKTAKL PREMYERASI

29 Jun, 2025 - 11:41
25
OCHILISH MAROSIMI VA YANGI SPEKTAKL PREMYERASI

OCHILISH MAROSIMI VA YANGI SPEKTAKL PREMYERASI

 

✅Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil repertuar rejasining 2-choragidan o‘rin olgan, teatr bosh rejissori Pirnazar Imomnazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Hurishni eplolmagan kuchukcha” nomli yangi spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

🎭Spektakl premyerasidan avval teatr binosi homiylik asosida qayta ta‘mirlanganligi munosabati bilan Viloyat hokimligi va mas’ul mutasaddi rahbarlar, bolajonlar va ularning ota-onalari bayramona ruhda kutib olinib “Ochilish marosimi” o‘tkazildi. Yangi spektakl premyerasida ustoz san’atkorlar, teatr ixlosmandlari, Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, Buxoro ixtisoslashtirilgan san‘at maktabi o‘qituvchilari, Buxoro viloyati musiqali drama teatridan mehmonlar tashrif buyurdi.

✅ Spektakldan so‘ng teatr ijodkorlari tashabbusi bilan “Lazer shou” tomoshalari ilk marotaba teatr sahnasida ijro etildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash