27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
27 Jun, 2025 - 16:44
63
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Madaniyat vazirligi jamoasi sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Zamonaviy jamiyatda so‘z erkinligi va xolis axborotni ta’minlashdek mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etayotgan siz, jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnati har doim e’tirofga loyiqdir.
Sizlarga mediaolamdagi kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, ijodiy yutuqlar va doimiy ilhom tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!