Vobkent tumanidagi bayramona tadbir
25 Jun, 2025 - 11:19
38
Vobkent tumanidagi bayramona tadbir
📍 Vobkent tumani markazidagi Yoshlar saylgohida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🏆 Tadbir davomida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlar g‘oliblari tuman hokimi tomonidan tantanali tarzda taqdirlandi.
🎶 Aholi va yoshlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandasi Murodbek Xudoyorov boshchiligidagi “Fayz” guruhi tomonidan jonli konsert dasturi namoyish etildi.
📸 Tadbirdan yorqin lahzalar va ijobiy taassurotlar barchaning xotirasida muhrlanib qoldi!