Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tashkil topganining 93 yillik munosabati bilan bayram tadbiri

18 Jun, 2025 - 11:09
23
Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tashkil topganining 93 yillik munosabati bilan bayram tadbiri

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tashkil topganining 93 yillik munosabati bilan bayram tadbiri

Joriy yilning 17-iyun sanasida Buxoro viloyat koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi OʻZKOJ Buxoro shahar mahalliy boʻlinmasi hamda OʻZKOJ VB hamkorlikda Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tashkil topganining 93 yillik munosabati bilan bayram tadbirini "Varnet"botanika bogʻida oʻtkazdi. 3 qismdan iborat  tadbirni OʻZKOJ Buxoro viloyat rayosat raisi J.Raxmatov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 1-qismida OʻZKOJ ustavi va Jamiyatga oid  savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Bunda barcha shahar va tuman Jamiyat a'zolari oʻzlarining mahalliy boʻlinma raislari  bilan  ishtirok etdi.
2-qismida botanika bogʻida sayohat uyushtirildi.3-qismida esa xushovoz xonanda Marad Qurbonov oʻzining konsert dasturi bilan yigʻilganlarni xushnud etdi .Konsert dasturida taklif etilgan xonandalar M.Sharopov Toshkent shahridan tashrif buyurgan xofiz A.Raxmonov hamda jajji havaskor qoʻshiqchi S.Bafoyevalar oʻzlarining jonli ijrodagi qoʻshiqlari bilan kechaga oʻzgacha ruh baxsh etdilar.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash