"Echo of the World - 2025" xalqaro tanlovi - san’at va ijodiy uyg‘unlik maydoni!

20 Jun, 2025 - 11:07
21
"Echo of the World - 2025" xalqaro tanlovi - san’at va ijodiy uyg‘unlik maydoni!

"Echo of the World - 2025" xalqaro tanlovi - san’at va ijodiy uyg‘unlik maydoni!

 

📍 2025-yil 17-22-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli “Echo of the World - 2025” xalqaro tanlovi dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ijodiy jamoalarni bir sahnada jamlamoqda. 🇰🇬🇹🇷🇺🇿🇰🇿🇹🇩🇮🇳

📌 Mazkur tanlov “Raqs san’ati – 2025” III xalqaro raqs festivali bilan bir vaqtning o‘zida paralel ravishda o‘tkazilmoqda. 🕊💫

🇺🇿 Buxoro viloyat filarmoniyasining “Buxoro mavjlari” raqs ansambli ushbu tanlovda faol ishtirok etib, o‘zining milliy raqs ijrosi bilan tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi. ✨

💃 Shuningdek, “Buxorcha” raqs ansambli tarkibida faol ijod qilayotgan raqqosa Olimova Oyisha ham ushbu xalqaro maydonda o‘z mahoratini namoyish etmoqda! 🌟👏

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash