"Raqs san’ati – 2025" O‘shda boshlandi – san’at, madaniyat va do‘stlikning xalqaro bayrami!
20 Jun, 2025 - 11:31
47
"Raqs san’ati – 2025" O‘shda boshlandi – san’at, madaniyat va do‘stlikning xalqaro bayrami!
📅 2025-yil 18-iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahri "Raqs san’ati – 2025" III xalqaro do‘stlik festivalida ishtirok etayotgan mehmon jamoalarni tantanali ruhda kutib oldi. 🤝🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇰🇬
📍 Shuningdek, festival doirasida O‘sh shahar Kengashi raisining o‘rinbosari Amanova Saltanat Abduldaevna bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤝
🗣 Uchrashuv davomida hurmatli Saltanat Abduldaevna mehmonlarga festivalning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashildi, bu esa ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamladi. 📖✨
🎶 Ochilish marosimida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Qoraqalpog‘iston Respublikalaridan tashrif buyurgan ijodiy jamoalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. 💃