✨ Buxoro delegatsiyasi “Bojevsk xalq ijodiyoti festivali”da!

22 Jun, 2025 - 11:27
69
✨ Buxoro delegatsiyasi “Bojevsk xalq ijodiyoti festivali”da!

✨ Buxoro delegatsiyasi “Bojevsk xalq ijodiyoti festivali”da!

📍 Chelyabinsk viloyatida har yili o‘tkaziladigan ushbu nufuzli xalqaro festival bu yil ham keng ko‘lamda, uch kunlik dastur asosida Plastovskiy tumanida tashkil etilmoqda.

🎭 Turli hududlardan tashrif buyurgan jamoalar sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etayotgan tadbirda, Buxoro delegatsiyasi o‘zining  milliy raqs va kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga unutilmas taassurot qoldirmoqda.

🧵 Festivalda Janubiy Ural hunarmandlaridan tashqari 800 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etib, Tula o‘yinchoqlari, Belev dantellari, yamoq tikish kabi xalq amaliy san’ati namoyish etilmoqda.

📌 E’tiborga molik jihat — kelgusi yildan boshlab Buxoro san’atkorlari, hunarmandlari va oshpazlari mazkur festivalda doimiy ishtirok etishlari yuzasidan kelishuvga erishildi!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash