Namangandagi “Gullar festivali”da Buxoro raqqosalari yorqin chiqish qilishdi!
17 Jun, 2025 - 15:00
20
Namangandagi “Gullar festivali”da Buxoro raqqosalari yorqin chiqish qilishdi!
📍 Namangan shahrida “Gullar festivali” doirasida bo‘lib o‘tgan “San’at sehri” xalqaro musiqa va san’at tanlovida Buxoro ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internati o‘quvchilari milliy raqslari bilan munosib ishtirok etishdi.
🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra:
🎖 Allayorova Kamila (2-sinf) — 1-o‘rin
🎖 Barakayeva Nurbonu (3-sinf) — 1-o‘rin
🥈 Yusupova Dinara (2-sinf) — 2-o‘rin
ega chiqib, diplom va esdalik sovg‘alariga sazovor bo‘lishdi.
📌 Ushbu yutuqlar o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyati, milliy raqs san’atiga bo‘lgan mehrini va murabbiylarning fidokorona mehnatini yaqqol namoyon etadi.
👏 Iqtidorli qizlarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan omadlar tilaymiz!