Kogon shahrida yoshlarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!

16 Jun, 2025 - 09:42
60
Kogon shahrida yoshlarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Kogon shahrida yoshlarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!

🏛 Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi hamkorligida, O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasining “Shodlik” ansambli ishtirokida o‘tkazilgan konsert Kogonlik yoshlarga unutilmas tuyg‘ular ulashdi!

🎤 Xalqimiz sevimli xonandalari,
🌟 Yorqin sahna ko‘rinishlari,
🎶 Jonli ijro va yuqori kayfiyat — barchasi siz aziz tomoshabinlar uchun!

📣 Tantanali tadbirda Kogon tuman hokimi Otabek Qazoqov so‘zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarni tabrikladi hamda ularning bilimga, ijodga, kelajakka bo‘lgan intilishini e’tirof etdi.

🏅 Shu munosabat bilan o‘quv yili davomida a’lo baholarda o‘qigan, o‘quvchilarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.

🎶 “Shodlik” ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona ruh bag‘ishladi.

🕊 Yoshlar — Vatan tayanchi!

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash