Ilmiy ekspeditsiya: Olot tumanida nomoddiy madaniy meros namunalari o‘rganilmoqda

16 Jun, 2025 - 09:26
19
Ilmiy ekspeditsiya: Olot tumanida nomoddiy madaniy meros namunalari o‘rganilmoqda

Ilmiy ekspeditsiya: Olot tumanida nomoddiy madaniy meros namunalari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-sonli qarori (“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”) hamda Madaniyat vazirining 2024-yil 15-apreldagi 195-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-iyun kuni Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Olot tumanida nomoddiy madaniy meros namunalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi.

🔍 Ekspeditsiya doirasida tumandagi qadimiy hunarmandchilik, og‘zaki ijod, urf-odat va marosimlar, milliy taomlar tayyorlash usullari kabi meros shakllari o‘rganilib, mahalliy mutaxassislar va soha vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

📚 Ushbu tadbir viloyat hududidagi boy madaniy merosni ilmiy asosda o‘rganish, kelajak avlodlarga yetkazish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash