Buxoroda moʻjizalar muhitida sayr qilamiz!

01 Jun, 2025 - 14:19
20
Buxoroda moʻjizalar muhitida sayr qilamiz!

Buxoroda moʻjizalar muhitida sayr qilamiz!

📣2025-yil 6-8-iyun kunlari
🏛Buxoro shahri
📍XXI An’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali!
🌺Qadimiy Buxoro yana bir bor o‘zining nafisligi, urf-odatlari, xalq amaliy san’ati, rang-barang taomlari va betakror madaniy merosi bilan dunyo ahli e’tiborida bo‘ladi!
🎶 Festival doirasida:
✨ Sahna tomoshalari
🧵 Hunarmandlar yarmarkasi
🍯 Ziravorlar va ipak mahsulotlari ko‘rgazmalari
🧕 Milliy liboslar ko‘rgazmasi
🎤 Konsert dasturlari va ko‘ngilochar loyihalar
🌍 Turli mamlakatlardan mehmonlar, sayyohlar, diplomatlar va san’atkorlar ishtirokida o‘tadigan ushbu xalqaro festival - xalqimizning mehmondo‘stligi, ma’naviy boyligi va madaniy salohiyatining jonli namunasidir!
📸 Unutilmas lahzalar, milliy qadriyatlar ruhi va g‘ururga to‘la lahzalarni qo‘ldan boy bermang!

🎉 Barchangizni ushbu betakror festivalga chorlaymiz!
🌟 Buxoro sizni kutmoqda!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash