🎭 "Arivoyning sarguzashtlari" – bolalar uchun quvonch manbai!
30 May, 2025 - 14:19
17
🎭 "Arivoyning sarguzashtlari" – bolalar uchun quvonch manbai!
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram haftaligi doirasida, 2025-yil 30-may kuni Vobkent tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan navbatdagi quvonchli tadbir o‘tkazildi.
📍 Quruvchi MFYda joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun “Arivoyning sarguzashtlari” nomli qo‘g‘irchoq teatr tomoshasi namoyish etildi.
Mazkur teatr sahnasi orqali kichkintoylar qiziqarli voqealarga boy, ijtimoiy va ma’naviy mazmun bilan boyitilgan tomosha orqali ko‘ngil ochar daqiqalarni boshdan kechirdilar. Har bir sahna bolalarning dunyoqarashi va ongini shakllantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.
🎈 Teatr bolajonlarga beg‘ubor quvonch, yorqin taassurot va bayramona kayfiyat ulashdi!