Buxoroda XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar festivali”ga qizg‘in tayyorgarlik!
30 May, 2025 - 14:17
17
Buxoroda XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar festivali”ga qizg‘in tayyorgarlik!
Joriy yilning 6, 7 va 8-iyun kunlari tarixiy Buxoro shahri yana bir bor xalqaro miqyosdagi yirik tadbirga mezbonlik qiladi — XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar festivali” bo‘lib o‘tadi.
🔸 Ayni paytda Shahriston maydonida festival oldidan qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sahna dekoratsiyalari, milliy pavilonlar, ko‘rgazmalar joylashuvi va san’atkorlarning chiqishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar jadal davom etmoqda.
🎉 Festival doirasida rang-barang madaniy dasturlar, hunarmandchilik yarmarkalari, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari, jonli ijrolar va gastronomik namoyishlar bo‘lib o‘tadi.
✨ Ipak yo‘lining yuragida joylashgan qadimiy Buxoro yana bir bor o‘zining betakror madaniyati, mehmondo‘stligi va boy tarixini namoyon etadi.