`📣 “Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari” shiori ostidagi xayriya konserti bo‘lib o‘tdi
24 May, 2025 - 20:48
38
`📣 “Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari” shiori ostidagi xayriya konserti bo‘lib o‘tdi
Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 24-may kuni “Somoniylar” istirohat bog‘ida bitiruvchi yoshlar uchun “Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari” shiori ostida xayriya konserti tashkil etildi.
🎶 Yorqin sahna chiqishlari, jonli kuy-qo‘shiqlar, badiiy ko‘rinishlar va shou dasturlar bilan boyitilgan ushbu kecha bitiruvchi yoshlar qalbida unutilmas xotiraga aylandi. Tadbir davomida tomoshabinlar orasida quvonch, hayajon va iliq taassurotlar hukm surdi.
📸 Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar madaniy va mazmunli shoudan zavq olishdi. Ayniqsa, yoshlar tomonidan bildirilgan iliq fikrlar bu kabi tadbirlarning ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.
🗣 Tadbirda Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Tilavov so‘zga chiqib, bitiruvchi yoshlarga katta hayot sari boshlayotgan ilk qadamlari munosabati bilan samimiy tilaklar bildirdi. Sh.Tilavov yoshlarga kelgusi faoliyat va hayot yo‘llarida mustahkam iroda, yuksak maqsad va porloq zafarlar tiladi.
💚 Mazmunli kontsert dasturi yoshlarga ruhiy ko‘tarinkilik, ishonch va yangi maqsadlar sari intilish tuyg‘usini hadya etdi.