🎭 “Teatr – ibratxonadir!” 🎬
23 May, 2025 - 20:44
42
🎭 “Teatr – ibratxonadir!” 🎬
📅 2025-yil 23-may kuni Buxoro viloyati Musiqali drama teatrida O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov tavalludining 115-yilligiga bag‘ishlab “Qiyomat qarz” spektaklining navbatdagi seansi namoyish etildi.
📌 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF–6000-sonli farmoni va 2025-yil 15-may kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.
🎬 Rejissor Bo‘ron Akobirov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur asar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, chuqur ma’no, hayotiy obrazlar va ta’sirchan sahnalar orqali barchaga manzur bo‘ldi.
✨ San’at orqali qalblarga yetib boruvchi bunday sahna asarlari — tomoshabinni o‘ylantiradi, tarbiyalaydi va ilhomlantiradi.
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi