🎼 Folklor san’atiga bag‘ishlangan amaliy-ijodiy seminar

20 May, 2025 - 20:36
26
🎼 Folklor san’atiga bag‘ishlangan amaliy-ijodiy seminar

🎼 Folklor san’atiga bag‘ishlangan amaliy-ijodiy seminar

Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi, viloyat bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlar kengashi hamda Buxoro tumanidagi 7-son bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida “Buxorcha” qadimiy folklor san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘shiqlarni turkum holida ijro etish va ularni yaxlit tarzda o‘rganish uslublarini o‘quv jarayoniga joriy etish texnologiyasi mavzusida amaliy-ijodiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar doirasida ishtirokchilarga folklor merosimizning badiiy-ijroiy an’analari, uni zamonaviy ta’lim jarayonlariga integratsiya qilish usullari hamda yosh avlod ongiga milliy qadriyatlarni singdirish borasidagi ilg‘or tajribalar amaliy misollar orqali taqdim etildi.

📍Tadbir nafaqat nazariy ma’lumotlar, balki amaliy chiqishlar va bevosita mahorat mashg‘ulotlari bilan boyitildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash