đ¶ Buxoroda maqom sanâatiga bagâishlangan ilm-fan va sanâat uygâunligi! đ¶
16 May, 2025 - 20:33
20
đ¶ Buxoroda maqom sanâatiga bagâishlangan ilm-fan va sanâat uygâunligi! đ¶
đ Xabaringiz bor, kecha Buxoro davlat universitetida Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
đ§ Tadbirning birinchi qismida maqom san’ati rivoji, uni yosh avlodga yetkazish, ilmiy asosda o‘rganish va targ‘ib qilish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
đ€ Kunning ikkinchi yarmida esa Fitrat maktabi, Farg‘ona va Xorazm ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ustoz-shogirdlari ishtirokida jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi.
đ Konsert davomida yoshlardagi iqtidor, ustozlardagi mahorat, milliy san’atga bo‘lgan mehr uyg‘unlashib, barchani zavqqa to‘ldirdi. Maqom kechasi olqishlar va ko‘tarinki kayfiyat bilan yakun topdi.
đ Bunday tadbirlar yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, madaniyatimizga faxr bilan qarash hissini kuchaytirishda beqiyos ahamiyatga ega!