Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘ldi
16 May, 2025 - 21:04
26
Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘ldi
Yusufjon Usmonov viloyatga tashrif davomida:
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi hamda maktab uchun bino qurish masalasida “Bukhara City” hududidan yer ajratish masalasini ko‘rib chiqdi;
“Abdurauf Fitrat” nomidagi maqom san’ati maktab-internati va DXSh asosidagi madaniyat markazi faoliyati o‘rganilib, tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mavjud muammolar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi;
Jondor tumanidagi 16-son Madaniyat markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Madaniyat markazi yonidagi 2 sotix bo‘sh yer maydonini DXSh asosida tadbirkorga foydalanishga topshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida madaniyat sohasini rivojlantirish va tizimli yondashuvlarni shakllantirish bo‘yicha soha vakillari bilan fikr almashildi