🌸 Gullar orasida - bayramona kayfiyat! 🎶🌿
16 May, 2025 - 21:03
27
🌸 Gullar orasida - bayramona kayfiyat! 🎶🌿
🇺🇿 O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida Buxoro viloyati kasaba uyushmalari a’zolari va faollarining ishtirokida joriy yil 16-may kuni yorqin va ko‘tarinki ruhda “Gullar festivali” tashkil etildi. 🌺👨👩👧👦
Bu go‘zal tadbirda nafaqat gullar jilosi, balki inson qalbini quvontiruvchi san’at ohanglari ham yangradi.
🎤 Festival doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi ijodkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Bo‘linma san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va raqslar festivalga alohida fayz, mehmonlarga esa bayramona ruh ulashdi. 💃🎼