Buxoroda “Eco-Save Aral–2025” ekologik marafoni ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi! 🌱🏃♂️
16 May, 2025 - 20:59
43
Buxoroda “Eco-Save Aral–2025” ekologik marafoni ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi! 🌱🏃♂️
Bugun, 16-may kuni “Yashil iqtisodiyot yili” doirasida Buxoroda xalqaro “Eco-Save Aral–2025” marafoni bo‘lib o‘tdi. “Talaba-yugur”, “O‘quvchi-yugur”, “Harbiy yugur” kabi shiorlar ostida o‘tgan yugurish tadbirida 5000 dan ortiq ishtirokchi sog‘lom hayot va ekologik barqarorlik yo‘lida birlashdi.
♿️ 250 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz ham qatnashib, chinakam iroda va fidoyilik namunasi ko‘rsatdi.
🎶 Marafon Madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda, vatanparvarlikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar sadosida o‘tkazilib, barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
🌍 Tadbir sport, ekologiya, madaniy va ma’naviy tarbiyani uyg‘unlashtirgan muhim tashabbus sifatida tarixda qoladi.
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi