👨👩👧👦 “Hayot formulasi 45+” - tajriba, ilhom va qadriyat bayrami!
15 May, 2025 - 20:55
22
👨👩👧👦 “Hayot formulasi 45+” - tajriba, ilhom va qadriyat bayrami!
🗓 15-may – "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Buxoro shahridagi tarixiy Nodir Devonbegi madrasasida xalqaro darajadagi “Hayot formulasi 45+” ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hayot tajribasiga boy, jamiyatda faol ayollar, mehmonlar va mutaxassislar ishtirok etib, qadriyatlar, oila, sog‘lom turmush tarzi haqida fikr almashdilar. 💬🌸
🎶 Forumning madaniy qismini Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi hamkorlikda jonli chiqishlari bilan bezadi. Raqs, kuy va ilhomli ohanglar orqali tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. 🎤💃🎵
👏 Ayol - oila qalbi, oila - jamiyat asosidir!
Bayram tadbiri barchaning yuragidan joy oldi. 🌷
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi