Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlimi ansambli tomonidan “Buzruk” maqomi yozib olindi
13 May, 2025 - 20:24
17
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlimi ansambli tomonidan “Buzruk” maqomi yozib olindi
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlimi ansambli tomonidan “Buzruk” maqomi Respublika teleradiomarkazining Oltin fondi uchun sifatli tarzda yozib olindi.
Mazkur jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3391-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval ushbu ansambl tomonidan “Dugoh” va “Iroq” maqomlari ham sifatli tarzda yozib olinib, Oltin fondga topshirilgan edi. Bu jarayonlar yurtimizning boy maqom merosini asrab-avaylash, uni raqamli formatda saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Maqomning asliyatga sodiq holda ijro etilishi, an’anaviy uslubda qayd etilishi va fonotekalarda saqlanishi — bu milliy san’atimizning bardavomligiga xizmat qiluvchi tarixiy ahamiyatga molik ishdir.