“ Vatan himoyasi – muqaddas burch”
09 May, 2025 - 21:52
45
“ Vatan himoyasi – muqaddas burch”
📄 Buxoro shahrining tarixiy markazida yurt tinchligi, osoyishtalik va vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎶 Tadbir Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi va 28803 - harbiy qism orkestri hamkorligida tashkil etilib, “Tinchlik – oliy ne’mat” hamda “Vatan himoyasi – muqaddas burch” kabi ezgu g‘oyalar asosida tashkil etilgan musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
👏 Tadbir davomida shahrimiz aholisi va mehmonlari tom ma’noda bayramona kayfiyatda ishtirok etishdi, har bir chiqish qarsaklar bilan olqishlandi.
🌟 Bayram shukuhi va yurtga sadoqat ruhini uyg‘otuvchi ushbu tadbir barchaga iliq tuyg‘ular ulashdi.