🎼 San’at maktablarida – "Mahorat darslari" va targʻibot uchrashuvlari!
04 May, 2025 - 17:44
28
🎼 San’at maktablarida – "Mahorat darslari" va targʻibot uchrashuvlari!
📅 2025-yil 4–6 may kunlari Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti professor-o‘qituvchilaridan iborat ijodiy guruh Buxoro viloyatida bo‘lib, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
🟢 Tashriflar doirasida:
🎓 Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
🎶 Maqom maktab-internati
🏫 2-, 6-, 7-, 8-, 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktablarida
“Mahorat darslari”, bitiruvchilar uchun targʻibot ishlari va ijodiy suhbatlar tashkil etildi.
📍 Jumladan, 12-sonli BMSMda O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti Cholgʻu ijrochiligi kafedrasi dotsenti Yusuf Vohidov tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi o‘quvchilar va o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.
📸 Quyida ushbu uchrashuv va darsdan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.
San’atni sevish – uni anglash va undan saboq olishdan boshlanadi. 🎶