"Somoniylar" istirohat bog'ida xayriya marafoni tashkil etildi.
04 May, 2025 - 17:39
77
"Somoniylar" istirohat bog'ida xayriya marafoni tashkil etildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish, sport inshootlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish va ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingan.
Qaror bilan 2025-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda may oyining birinchi yakshanbasida respublikaning barcha hududlarida “Inson uchun” shiori ostida adaptiv sport turlari bo‘yicha festival o‘tkazish va uning doirasida xayriya marafonlarini tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun Buxoro shahridagi "Somoniylar" istirohat bog'ida xayriya marafoni tashkil etildi.
Marafon g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.