Ilm, ilhom va istiqbol yo‘lida: Sobiq bitiruvchi bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv

02 May, 2025 - 17:36
86
Ilm, ilhom va istiqbol yo‘lida: Sobiq bitiruvchi bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv

Ilm, ilhom va istiqbol yo‘lida: Sobiq bitiruvchi bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv

📍 2025-yil 2-aprel kuni Buxoro shahar 39-sonli umumta’lim maktabida mazkur maktabning sobiq bitiruvchisi, Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Tilavov tomonidan 7–11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot tarzida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹 Suhbat davomida yoshlarga oliy ta’limda o‘qish imkoniyatlari, san’at va madaniyat sohasidagi istiqbollar, to‘g‘ri yo‘l tanlash va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
🔹 O‘quvchilarning spektakllarga tashrifini tashkil etish va kelgusida mahorat darslari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🔹 Tadbir doirasida yoshlar uchun motivatsion trening ham o‘tkazildi.
🔹 Faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik kitoblari sovg‘a qilindi.

🎶 Tadbir yakunida  konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.

📖 Kitob – kelajak sari dadil qo‘yilgan bilimli qadam!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash