BUXORO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAMARQAND VILOYATIDA

02 May, 2025 - 17:35
40
BUXORO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAMARQAND VILOYATIDA

BUXORO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAMARQAND VILOYATIDA

 

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori 1.6.-ilova 15-bandiga asosan Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri Samarqand viloyatiga gastrol safarini amalga oshirdi.

✅ Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati qo'g'irchoq teatri joriy yilning 2-may kuni birinchi navbatda Samarqand shahridagi MTMda, undan keyin Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri sahnasida "Quvnoq oila" nomli spektaklini Samarqand shahar “Ko‘zi ojizlar” bo’linmasidagi bolajonlar uchun namoyish etdi. Tomoshalar umumiy 3 seansdan iborat bo‘lib,  589 nafar bolajonlarga xizmat ko‘rsatildi.

✅Fursatdan foydalanib jamoamizni ko‘taringki ruhda, ssenariylashtirilgan dasturlar va ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar bilan kutib olgan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga minnatdorligimizni bildiramiz.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash