Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Buxoroda!
02 May, 2025 - 17:34
45
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Buxoroda!
📍 Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi o‘zining “Tebranmas yuraklar” spektakli bilan Buxoro shahriga tashrif buyurdi.
🎬 Teatr tomoshasi tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ularning qalblarida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Kuchli dramatizm, yuksak aktyorlik mahorati va teran mazmun tomoshabinlarga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.
👏 Yuraklarni larzaga solgan ushbu sahna asari zal to‘la tomoshabinlarning qarsaklari ostida namoyish etildi.
🎟 San’atga mehr va e’tibor yuksalib borayotgan bir paytda, bunday spektakllar yoshlar va keng jamoatchilik uchun ma’naviy boylik manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.