BUXORO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI NAVOIY VILOYATIDA
02 May, 2025 - 17:32
16
BUXORO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI NAVOIY VILOYATIDA
🎭🎭🎭
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori 1.6.-ilova 15-bandiga asosan Navoiy viloyatiga Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatrining gastrol safarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
✅ Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-may kuni birinchi navbatda Navbahor tumanidagi MTMda 158 nafar bolajonlarga, undan keyin Karmana tumani alohida ta'limga ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatidagi 181 nafar o‘quvchilarga Buxoro viloyati qo'g'irchoq teatri tomonidan "Quvnoq oila" nomli spektakl namoyish etildi.