🎬 Buxoroda xalqaro kino loyiha! 🌍

01 May, 2025 - 17:28
15
🎬 Buxoroda xalqaro kino loyiha! 🌍

🎬 Buxoroda xalqaro kino loyiha! 🌍

🇮🇳 Hindistonlik kino rejissyor Shakuntala Kulkarni boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan Buxoroda xalqaro xujjatli film suratga olinmoqda! 🎥
📌 Ushbu loyiha Bukhara Biennale 2025 xalqaro san’at festivali doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur film orqali Buxoroning boy madaniy merosi, ma’naviy muhiti, qadimiy musiqasi va milliy taomlari xalqaro tomoshabinga namoyish etiladi.
📅 Tasvirga olish ishlari 12-may kuniga qadar davom etadi. Bugun rejissyor Shakuntala Kulkarni boshchiligidagi guruh a’zolari - Arundhati Chattodhayaya va Ajay Naronhalar Buxoro viloyat filarmoniyasiga tashrif buyurib, film sahnalari bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. 🤝🎬
🎞 Film orqali Buxoro yana bir bor madaniyat, san’at va ilhom maskani sifatida dunyo auditoriyasi e’tiboriga havola qilinadi. Bu esa yurtimiz san’atining jahon miqyosida yangrashi demakdir! 🇺🇿

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash