🎭 Madaniyat ila yoritilgan tashabbus – Buxoroda konsert tadbiri

25 Apr, 2025 - 16:33
7
🎭 Madaniyat ila yoritilgan tashabbus – Buxoroda konsert tadbiri

🎭 Madaniyat ila yoritilgan tashabbus – Buxoroda konsert tadbiri

 

2025-yil 25-aprel kuni Buxoro shahar 3-son umumta’lim maktabida Buxoro shahar 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida madaniy-ma’rifiy konsert dasturi tashkil etildi.

🎵 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar, jonli ijrodagi chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tadbirga alohida fayz baxsh etdi.

📌 Ushbu konsert nafaqat mahorat namoyishi, balki yosh avlod qalbida san’atga muhabbat, estetik did va milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Maktab o‘quvchilari va jamoasi uchun esa esda qolarli, ko‘tarinki kayfiyat baxsh etuvchi unutilmas lahzalarni hadya etdi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash