📍 Bayramona konsert dasturlari – Vobkent va G‘ijduvonda!

29 Apr, 2025 - 16:26
33
📍 Bayramona konsert dasturlari – Vobkent va G‘ijduvonda!

📍 Bayramona konsert dasturlari – Vobkent va G‘ijduvonda!

 

✅ 2025-yil 29-aprel kuni Vobkent tumani “Yoshlik” o‘yingohida tuman aholisi hamda mehmonlari uchun ko‘tarinki ruhda o‘tgan madaniy tadbir – konsert dasturi tashkil etildi. San’at ustalari, jumladan, estrada xonandasi Sevinch Ismoilovaning yorqin chiqishlari tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

🎶 Shu kuni G‘ijduvon tumanining “Zarangar” o‘yingohida ham Sevinch Ismoilovaning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🌟 Dastur davomida G‘ijduvon san’atining iqtidorli vakillari – Nutfullo Axmedov, Gulshanda Boboyeva va Shaxrizod Shoxnazarov o‘z chiqishlari bilan sahnani charog‘on etib, yig‘ilganlarga quvonch ulashishdi.

📣 Bunday madaniy tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab aholining dam olish madaniyatini yuksaltirish, san’at va musiqaga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qilmoqda.
 

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash