"Milliylik – barhayot qadriyat!"
11 Apr, 2025 - 14:58
6
"Milliylik – barhayot qadriyat!"
♻️Gʻijduvon tumanida ana shu ezgu shior ostida oʻtkazilgan piyoda yurish marafoni yurtdoshlarimizni bir maqsad,bir g‘oya atrofida birlashtirdi. Bu festival shunchaki jismoniy faollik emas, balki yurakdan chiqqan Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat ifodasidir.
🔰Festival davomida ishtirokchilarning milliy liboslarda qatnashgani, xalq kuy-qo‘shiqlari yangragani, qadimiy urf-odatlarimizni yodga soluvchi sahna ko‘rinishlari bu marafonni tom meaningda madaniy-ma’naviy bayramga aylantirdi.
✔️Milliylik-bu bizni boshqa xalqlardan ajratib turuvchi, o‘zligimizni belgilovchi bebaho boylikdir. Aynan shunday tadbirlar orqali yoshlarimiz qalbiga milliy g‘urur,tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat singadi.
📌Gʻijduvon zaminida o‘tkazilgan ushbu marafon milliy ruh,sogʻlom hayot va jipslik timsoliga aylandi. Birgina yurish-minglab yuraklarni uyg‘otdi!
Milliyligimiz-barhayotligimiz garovi!