✨🎶 Buxoroda san’at va do‘stlik uyg‘unligi aks etgan betakror konsert! 🎭🌍
11 Apr, 2025 - 18:05
8
✨🎶 Buxoroda san’at va do‘stlik uyg‘unligi aks etgan betakror konsert! 🎭🌍
📅 2025-yil 11-aprel kuni Buxoro viloyati musiqali drama teatrida “Bu keng olam, barcha xalqlar va butun bir zamin bilan!” nomli yuksak kayfiyat va iliq do‘stlik baxsh etuvchi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi!
🤝 Mazkur konsert "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va san’at orqali mehr-oqibatni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
⭐️ Konsert ishtirokchilari:
💃 Altay o‘lkasi Davlat filarmoniyasi - “Ogonki” rus raqs ansambli
🎻 Milliy ohang va folklor zavqini baxsh etgan - “Vecherki” ansambli
🎤 O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi ijodkorlari
✨ Sahnadagi rang-barang kuylar, raqslar, jonli ijrolar - tomoshabinlarga haqiqiy madaniy zavq va cheksiz ijobiy hislar ulashdi! 💖🎉