š āSohibqiron Amir Temurā ā tarix sahnasida ulugā siymoning yorqin aks etishi!
09 Apr, 2025 - 15:08
12
š āSohibqiron Amir Temurā ā tarix sahnasida ulugā siymoning yorqin aks etishi!
Avval xabar berganimizdek, Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati musiqali drama teatrida “Sohibqiron Amir Temur” nomli tarixiy sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
⨠Ushbu teatrlashtirilgan tomosha tomoshabinlarni o‘zining tarixiy ruhi, boy sahnalashtirilgan sahifalari va Sohibqiron jasoratini gavdalantirgan obrazlar orqali chuqur taassurotga soldi.
Temuriylar davlatchiligi, milliy g‘urur, adolatparvarlik va donishmandlik timsoli bo‘lmish Amir Temur siymosi sahna uzra tarix bilan uyg‘unlashdi.
Tomosha davomida teatr zali olqishlar bilan yangradi – tarixiy haqiqat, sahna mahorati va milliy iftixor birlashgan bunday ko‘rinishlar qalblarda chuqur iz qoldiradi.
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi ushbu muhim sahna asarini yaratgan ijodiy jamoaga va tarixga befarq bo‘lmagan barcha tomoshabinlarga o‘z minnatdorligini bildiradi.
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi