📚 Yosh kitobxonlar bellashuvi – ma’naviyat bayrami!

09 Apr, 2025 - 16:56
17
📚 Yosh kitobxonlar bellashuvi – ma’naviyat bayrami!

📚 Yosh kitobxonlar bellashuvi – ma’naviyat bayrami!

📍Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi tomonidan viloyat madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Buxoro shahar 24-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatining faollar zalida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

👧🧒 Kitobxonlik bellashuvida ushbu maktab-internatining 12 nafar faol yosh kitobxon o‘quvchilari 3 ta shart asosida bilim va zukkolikda o‘zaro bellashishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining kitob o‘qishga bo‘lgan mehrini hamda kitobxonlik mahoratini namoyish etdi.

🎁 Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Madaniyat boshqarmasi tomonidan topshirilgan diplomlar va esdalik sovg‘alari bolajonlarga cheksiz quvonch va shijoat bag‘ishladi!

Bunday tanlov – yosh avlodning bilimga chanqoqligi va ma’naviy o‘sishga intilishini oshirishda xizmat qiladi.

📖 Kitob – eng yaqin do‘st, eng ishonchli hamroh.
Yurtimizda yoshlarni kitobga oshno etish yo‘lida bunday ma’rifiy tashabbuslarning ahamiyati beqiyosdir!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash