Labi Hovuz ansamblida musiqiy uchrashuv!

05 Apr, 2025 - 12:33
19
Labi Hovuz ansamblida musiqiy uchrashuv!

Ispaniyalik etnomusikolog Luis Gimenes Amoros va uning jamoasi Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda jonli konsert dasturini taqdim etdi.

📍4-aprel kuni Labi Hovuz ansamblida musiqiy uchrashuv! 🎶✨


Ispaniyalik etnomusikolog Luis Gimenes Amoros va uning jamoasi Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda jonli konsert dasturini taqdim etdi.

🔹 20 yildan ortiq tajribaga ega musiqashunos Luis Gimenes ispan, afrika va osiyo musiqalarini uyg‘unlashtirib, dunyoning 80 ga yaqin mamlakatida o‘z san’ati bilan tanilgan.

🎼 Buxoro viloyat filarmoniyasi va maqom sozandalari bilan hamkorlikda ijro etilgan asarlar o‘zbek milliy musiqa asboblari va jahon musiqa an’analarining betakror uyg‘unligida jarang sochdi.

🎊 Ushbu musiqiy kecha Luis Gimenes Amoros uchun ham ajoyib kayfiyat va unutilmas hayrat uyg‘otdi.

🎉 Musiqa orqali xalqlar do‘stligi va madaniy aloqalarni mustahkamlovchi ushbu uchrashuv tomoshabinlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi!

🎶 Musiqa — bu faqat ohang emas, u yurakdan yurakka yo‘l topadigan, millat va chegaralarni birlashtiradigan sehrli ko‘prikdir.
 

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash