🌍🎶 Luis Gimenes Buxoroda! 🎶🌍

04 Apr, 2025 - 14:07
24
🌍🎶 Luis Gimenes Buxoroda! 🎶🌍

📅 4-aprel kuni Buxoro viloyat filarmoniyasida ispaniyalik etnomusikolog Luis Gimenes Amoros va uning jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

🔹 20 yildan ortiq tajribaga ega musiqashunos Luis Gimenes ispan, afrika va osiyo musiqalarini uyg‘unlashtirib, dunyoning 80 ga yaqin mamlakatida o‘z san’ati bilan tanilgan.

🎼 Buxoro viloyat filarmoniyasi va maqom sozandalari bilan hamkorlikda ijro etilgan asarlar o‘zbek milliy musiqa asboblari va jahon musiqa an’analarining betakror uyg‘unligida jarang sochdi.

📚 Tadbir doirasida yosh musiqachilar uchun mahorat darslari ham tashkil etildi.

🔔 San’atning betakror jozibasi va madaniyatlar chorrahasi bo‘lgan bunday ijodiy loyihalar davom etadi! 🎶✨

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash