O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan Buxoroda gastrol konserti tashkil etildi.

13 Mar, 2025 - 13:30
23
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan Buxoroda gastrol konserti tashkil etildi.

Maqom san’ati jozibasi Buxoroda yangradi

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limining Buxoro viloyatidagi gastrol konserti yuqori saviyada o‘tkazildi.
2025-yil 13-mart kuni Peshku tumani 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida tashkil etilgan mazkur madaniy tadbirda tomoshabinlar betakror maqom ohanglari, milliy cholg‘ular va jonli ijroning sehrli uyg‘unligidan bahramand bo‘ldilar.

Konsert davomida ijro etilgan musiqiy asarlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va milliy san’atga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada oshirdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-406-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Mazkur konsert san’atning qadimiy ildizlarini yangicha ruhda namoyon etib, tomoshabinlarga yuksak madaniy zavq ulashdi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash