🎶 Buxoroda musiqiy hamkorlik – xalqlar do‘stligi sadosi!

05 Apr, 2025 - 16:27
13
🎶 Buxoroda musiqiy hamkorlik – xalqlar do‘stligi sadosi!

🎶 Buxoroda musiqiy hamkorlik – xalqlar do‘stligi sadosi!

🗓 5-aprel kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan maqom maktabida ispan etnomusikologi Luis Gimenes Amoros va uning jamoasi tomonidan, Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi hamkorligida, mahorat darslari tashkil etildi.

🎼 Mahorat darsida Ispaniya va Afrikaning urf-odatlari mujassam bo‘lgan milliy kuy-qo‘shiqlari maqom maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda jonli ijro etildi. Bu musiqiy uyg‘unlik yoshlarga yangi taassurot va ilhom bag‘ishladi.

🎵 Shuningdek, o‘zbek milliy maqomlari ham mehmonlarda ko‘tarinki ruh va iliq kayfiyat uyg‘otdi.

✨ Ushbu madaniy uchrashuv — musiqaning xalqaro do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdagi ulkan o‘rnini yana bir bor isbotladi.
Luis Gimenes uchun ham bu kun unutilmas taassurot va iliq tuyg‘ular bilan yodda qoldi!


Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash