Aholini madaniy xizmat bilan keng qamrab olish va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot

02 Apr, 2025 - 09:58
12
Aholini madaniy xizmat bilan keng qamrab olish va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot

Aholini madaniy xizmat bilan keng qamrab olish va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot

 

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyundagi 389-sonli qarorining 4-ilovasi, 7.3-bandi bilan madaniyat va kinematografiya yo‘nalishida joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 172 ta mahalliy, respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlarni tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniyat sohasiga keng jalb qilish yuzasidan konsert tashkilotlari, shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda:
🔹 2025-yilning 1-choragida — 370 ta madaniy tadbir,
🔹 2-choragida esa — 561 ta madaniy tadbir tashkil etilib, aholining madaniy xordiq chiqarishiga yaqindan ko‘maklashildi.

✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 9-b bandiga muvofiq, 2024-yil 1-apreldan boshlab 6-ilovada belgilangan manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida streetart.uz platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu platforma orqali har chorak yakunida faol ijodkorlar reyting asosida tanlab olinadi va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi belgilangan.

🔹 Joriy yilning 1-aprel holatida ushbu platformaga 25 nafar ijodkor ro‘yxatdan o‘tdi va ulardan 3 nafari reyting natijalari asosida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
🔹 2-chorak davomida yana 12 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi va ovoz yig‘ish jarayonlari davom etmoqda.

Hurmatli ijodkorlar! Sizlarni “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasida faol ishtirok etishga, ro‘yxatdan o‘tib o‘z ijodingizni keng ommaga namoyish etishga chorlaymiz. Faol ishtirok etgan ijodkorlar rag‘batlantirish tizimida qatnashish va pul mukofotiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

ℹ️ Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: streetart.uz

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash