Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi 2025-yil II-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 26 iyundagi 389-sonli qaroriining 4-ilovasi, 7.3-bandida madaniyat va kinematografiya yo‘nalishida joriy yilning 1-yarim yilligi davomida 172 ta mahalliy, respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlarni tashkil etish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniyat sohasiga keng jalb qilish maqsadida konsert tashkilotlari, shahar va tumanlar hokimliklari bilan hamkorlikda 2025 yilning 1-choragi davomida 370 ta, 2-chorak davomida 561 ta madaniy tadbirlar tashkil etildi va aholining madaniy xordiq chiqarishlarida yaqindan ko‘maklashildi.