BUXORO VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI
BUXORO VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI
BUXORO VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI
Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi, 55
Teatr va konsert saroylari
1976-yil Bolgarlar kinoteatri sifatida qurilgan bo‘lib, 1982-yil 1-oktyabrda bolajonlar uchun qo‘g‘irchoq teatri sifatida topshirildi. Uning tashkilotchisi va birinchi badiiy rahbari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Aminjon Akobirov edi. Ilk bor teatr sahnasida rejissyor Shomurod Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan «Do‘stlik sinovi» qo‘g‘irchoq spektakli namoyish etilgan. Jamoa tarkibida Toshkent san’at institutining qo`g‘irchoq fakultetini tugatgan Sh.Jabborov, K.Jabborova, R.Chuqqiyev, Sh. Yusupov, V.Yusupova, F.Xodjayev, A.Mirzag‘iyozov, X.Omonovlar bor edi. 1983-yilda esa B.Akobirov, N.Rahmatova, S.Karimov, G.Fayziyeva, G.Aliyevalar kelib qo‘shildi. A.S. Akobirovdan so‘ng teatrga M.Fatullayev 1983-1987 -yillar, B.Egamberdiyev 1987 yil, Sh.Saidov 1987-1988- yillar, Sh.Yusupov 1988-1993 -yillar, V.Gamanovich 1993-2004 -yillar, Y.Genjayev. 2004-2016- yillar, Z.Yodgorov 2016-2018-yillar, P.Imomnazarov (v.vb) 2018-2019- yillar, 2019- 2021-yillar M.S.Fatullayev, 2021-yildan hozirgacha Y.Genjayev rahbarlik qildilar. Rejissyor Sh.Yusupov rahbarligida R.Farxodiyning «O‘tkir shoxli buqacha», Vyetnam dramaturgi Nguyen Din Tixining «Miu nomli mushukcha», Krishna Chandrning «Vodorod bombasidan so‘ng», M. Xalilning «Mitti miton», Ye.Taraxovskayaning “Cho‘rtan baliq amri bilan» asarlari sahnalashtirildi. 1987 -yil sentyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining I festivalida teatr jamoasi o‘zining «Miu nomli mushukcha», hamda «Vodorod bombasidan so‘ng» nomli spektakllari bilan qatnashib faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 1987 –1988- yillarda teatr jamoasi Chita, Tomsk shaharlarida ijodiy safarlarida bo‘lib, tomoshabinlarni xushnud etib qaytishdi.
1989 -yilda bo‘lib o`tgan II- qo`g`irchoq teatrlar respublika festivalida teatr o‘zining P.Popesku qalamiga mansub «Quyosh nuri» spektakli bilan qatnashib, hakamlar tomonidan birinchi o‘ringa munosib topilgan. 1990 -yilda esa teatr Polshada o‘tkazilgan XIV Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida M.Tursunovning «Xo‘ja Nasriddin Buxoroda» spektakli bilan qatnashib, jahon sahnasiga chiqdi, hamda Xo‘ja Nasriddin Afandi butun jahon san’atsevarlarining sevimli qahramoniga aylandi. G.Aliyeva sahnalashtirgan «Jujuning sarguzashtlari», «Eng kichkina gnom», «O‘z uyimni izlayman», «Balli Sichqoncha», «Sirk chiroqlari yonganda», «Dengiz tubida», «No‘xat bola» singari spektakllari kichkintoylarning sevimli asarlariga aylandi. Teatrni rivojlantirishda o‘z hissalarini qo`shgan qo‘g‘irchoq ustasi Z.Aminjonova, rassom B.Rubinov, bosh rassom M. Yuryevich, postanovkachi rassom A.Ivanov hamda keyingi yillar teatrning bosh rassomi vazifasida ishlagan E.Jo`rayevning nomlarini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 1992- yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan III-Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining an’anaviy ko‘rik festivalida teatr jamoasi o‘zining «Xandak», «Balli, Sichqoncha», «Chodirxayol» spektakllari bilan qatnashib, faxrli 2-o`ringa sazovor bo‘ldi. 1993- yil Andijon shahrida, 1995 -yil Toshkent shahrida bo`lib o`tgan IV va V – Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining festivalida ham teatr o‘zining yangi spektakllari bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lishi, teatr jamoasining hamisha izlanishda ekanligidan dalolatdir. 2000 — yilda esa Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan VI-Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining festivalida jamoa «Men o‘z uyimni izlayman» spektakli uchun faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Buxoro viloyati qo`g`irchoq teatri jamoasi yosh ijodkor va iqtidorli aktrisalar M.Ergasheva, L.Suvondiqovalarga ham o`z iste`dodini
namoyon qilish uchun keng imkoniyat yaratib bergan . Ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan ijodkorlar 2005-yilning 19-24-dekabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlarining VII an’anaviy ko‘rik-festivalida G.Aliyeva asari «Yulduzlar nur sochganda» (rejissyor M.Ergasheva) spektakli bilan qatnashib faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 2006- yil sentyabr oyining 10-20 kunlari teatr jamoasi Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida o‘tkazilgan XVIII Xalqaro eksperimental spektakllar festivaliga G.Aliyevaning “Yulduzlar nur sochganda” spektakli bilan qatnashib «Milliy ruhdagi va milliy musiqalar asosida yaratilgan eng yaxshi spektakl» nominatsiyasiga sazovor bo‘lib qaytishdi. 2008 -yilning 24 -noyabridan 3 -dekabriga qadar teatr jamoasi Turkmaniston Respublikasida gastrol safarida bo‘lib, Turkmanistonlik tomoshabinlar mehrini qozondi. Davr talabini hisobga olgan holda kichkintoylarni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalovchi, Vatanni sevishga, o‘z uyini o‘zi asrashga undovchi asarlarga katta e’tibor qaratgan ijodkorlar . A.Qudratov «Ezgulik nuri», G.Aliyeva «Yulduzlar nur sochganda», «Mumrik» asarlarini sahnalashtirdilar. Yosh talantli aktrisa M.Ergasheva hamda L.Suvondiqovalar «Uchar kema» va «Keling do‘st bo‘laylik», «Yulduzlar nur sochganda», «O‘rmon ertagi», «Mumrik», «Shrek va do‘stlarining yangi yil sarguzashtlari», «Bahor ertagi», «Ko‘k qush» yangi yil ertagi, «Oltin tarvuz», «Sabrning tagi oltin», «Qor malikasi» kabi asarlarni sahnalashtirdilar. 2009- yil 8-15 -dekabr kunlarida Andijon shahrida o‘tkazilgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining VIII ko‘rik-festivalida teatr jamoasi “Oltin tarvuz” spektakli bilan ishtirok etdi. Ushbu ko‘rik-festivalida aktrisa N.Rahmatova “Eng yaxshi rol ijrochisi” nominatsiyasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, teatrda aktyorlar mahoratini oshirish maqsadida chetdan rejissyor chaqirish ishlariga ham katta e’tibor qaratib, 2010-yilda
H.Rasul va E.O‘rinov qalamiga mansub “Jayron” asarini iqtidorli rejissyor Gʻ.Hamroyev, Gulchehra Bonuning “Do‘stlik hamisha o‘zar” nomli asarini san’at kolleji o‘qituvchisi B.Kamolov bilan birgalikda sahnalashtirishdi. A.Simukov qalamiga mansub “Uchar kema” asari tomoshabinlar talabi bilan qayta tiklandi. Yangi yilda esa kichik tomoshabinlar multfilmi asosida L.Suvondiqova insenirovkasi Gulchehra Bonu tarjimasi bo`lgan “Sohibjamol va Maxluq” asarini miriqib tomosha qilishdi. 2011 -yilda repetuardan o‘rin olgan spektakllar: A.Qudratov “Ertaklar olamida”, Gulchehra Bonu tarjimasi, L.Suvondikova insenirovkasi “Sirli Gippopotam”, “Ertak ichidagi ertak” asarlari ham bolajonlarga manzur bo‘ldi. 2012-yilda T.Muhiddinning “Uchta chaqnoq ko‘zim bor”, M.Tursunovning “Sabrning tagi oltin” (qayta tiklandi), T.Ahmad she’riy dostoni Gulchehra Bonu insenirovkasi “Sirli chashma” , M.Ergashevaning “Andaluziya Malikasi” spektakllari teatr tarixidan o‘rin oldi. 2013-yil may oyining 13-18 kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida A.Chepoveskiyning “Balli sichqoncha” spektakli bilan gastrol safarida bo‘lib qaytdi. 2013 -yilda davlatimiz tomonidan teatrning bosh rejissyori Bo‘ron Akobirov “Mehnat Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandi. 2013- yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining IX an’anaviy ko‘rik — festivalida teatr jamoasi M.Ergashevaning “Ohang va ofat” nomli spektakli bilan ishtirok etib “Ifodali ssenografiya yaratishdagi izlanishlari uchun” va “Dolzarb mavzudagi izlanishlar uchun” nominatsiyalari bo`yicha rag‘batlantiruvchi mukofot hamda diplomga sazovor bo‘lishdi. 2014 –yil Ma’muriyat binosidagi kutish zalining shift qismi ta’mirlandi, derazalariga jalyuzi o‘rnatildi. Tomoshabin zalining deraza, eshiklar talabga javob bermaganligi sababli akfa profillik deraza va
eshik romlariga almashtirildi. Tomosha zali ta’mirlandi, qandil almashtirildi. Tomosha zali o‘rindiqlari vaqtini o‘tab bo‘lganligi sababli, viloyat hokimining qaroriga binoan sobiq S.Ayniy nomidagi musiqali drama teatri binosidagi o‘rindiqlar ta’mirlanib qo‘g‘irchoq teatri tomosha zaliga (250 ta) o‘rnatildi. 2016 -yil iyun oyida Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika Qo‘g‘irchoq teatrlarining X an’anaviy ko‘rik festivalida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 2018-yil Toshkent shahrida Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining ananaviy XI ko‘rik festivalida “Mangu jasorat” spektakli bilan qatnashib, “Faol ishtiroki” uchun , 2020-yil Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan ananaviy XII ko‘rik festivalida “Sirli Chashma” spektakli bilan qatnashib “Ezgulikni targ‘ib etuvchi mavzu” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi. 2021-yilning 27-mart “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan, Respublika teatrlari ishtirokida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan bayramona tadbirda, Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi Z.Yodgorov Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 2021-yilning 25- iyun Buxoro viloyatida «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida Yoshlar festivaliga start berildi. Festival doirasida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida bolajonlar uchun «Zumrad va Qimmat» spektakli namoyish qilindi. 2021-yilning 30–sentyabr kuni Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri direktori Y.Genjayev rahbarligida teatrining 39- mavsumiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirida viloyatimizdagi 32- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun teatr ijodkorlari “Zumrad va Qimmat ” spektaklini namoyish etishdi. 2021-yil 20-dekabr kuni teatr jamoasi “Navoiy siymosi va asarlari sahnada” respublika teatrlari ko‘rik — festivalida Haytmat Rasul asari asosida sahnalashtirilgan “Qush tili” spektakli bilan festivalda qatnashdi.
15-aprel kuni Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan «15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san`at xodimlari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Bunda barcha madaniyat tashkilotlari xodimlari bilan bir qatorda Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham ishtirok etdi. Samarali ijod qilganligi uchun aksariyat xodimlar jumladan, teatrning oliy toifali aktyori Diyor Qurbonov, oliy toifali aktrisa Fatima Habibova hamda direktor o‘rinbosari Pirnazar Imomnazarovlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Buxoro viloyatida 2022-yilning 21-25-may kunlari “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik“ festivali bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib yig‘ilgan mehmonlarga hamda xorijiy sayyohlarga iliq taassurot qoldirdi. 2022-yilning «1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxona rahbariyati 1500 nafar jajji faol kitobxonlarini Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri tomonidan xayriya tarzida namoyish qilgan tomoshalariga olib keldi. Bolajonlarga qo‘g‘irchoq teatrining bayramona dasturlari ko‘tarinki kayfiyat namoyish etildi. 2022-yil 5-10-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi qo‘g‘irchoq teatrlarining an’anaviy XIII ko‘rik festivali o‘tkazildi. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi mazkur festivalda “Frontga xat” spektakli bilan ishtirok etib, “Tinchlikni qadrlash mavzusidagi eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo`yicha diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 1-sentyabr kuni davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. «Ochiq eshiklar» kuni munosabati bilan teatrga tashrif buyurgan 280 nafar tomoshabin bolajonlarga teatrning eng quvnoq, do‘stlikni qadriga yetuvchi spektakllardan biri bo‘lgan «Miyov xola uychasi» nomli spektakli xayriya tarzida namoyish etildi. Spektakldan so‘ng teatr ijodkorlari bilan jonli muloqot o‘tkazilib, bolajonlardan vatanni madh etuvchi she’rlar so‘raldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-261-son qarori 6-ilovasi 17-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri 2022- yilning 24-25-sentyabridan boshlab har shanba va yakshanba kunlari No‘g‘ay karvonsaroyida “Buyuk ipak yo‘li” nomli teatrlashtirilgan shou-konsert dasturi tomoshalarini yuqori badiiy saviyada tashkil etib, xorijiy va mahalliy sayyohlarga namoyish etdi. Sayyohlar tomoshalardan zavqlanibgina qolmay , O`zbekiston va uning go`zal shaharlari haqida ma`lumotga ega bo`ldilar. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri 2022-yilning 26-30-sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yosh rejissyorlarning «Debyut-2022» VII respublika ko‘rik festivalida muallif T. Muhiddin asari asosida P.Imomnazarov tomonidan sahnalashtirilgan «Svetofor» spektakli bilan faol ishtirok etdi. Festivalning oxirgi kuni o‘tkazilgan taqdirlash marosimida «Svetofor» spektakli uchun Pirnazar Imomnazarov faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi, Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan viloyat markazida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!» shiori ostidagi bayram tadbirlarini yuqori saviya bilan o‘tkazishda qo‘shgan hissasi uchun Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. 2022-yilning 29-oktyabr kuni Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Buxoro shahar hokimligi bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar internatiga tashrif buyurib bolajonlarga esdalik sovg‘alar hamda xush kayfiyat ulashuvchi shou dasturlarini namoyish etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-112-son qarori asosida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi joriy yilning 15-noyabrdan 22-noyabrgacha Tojikiston Respublikasiga «Makkora tabib» («Tabibi xasaki») spektakli bilan gastrol safarida bo‘lib qaytdi.Teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan «Makkora tabib» spektakli Tojikiston Respublikasida o‘sib ulg‘ayayotgan bolajonlarga yanada tushunarli va yorqin taassurot qoldirishi maqsadida tojik va rus tillarida namoyish etilidi. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim o‘quvchilari va Gimnaziya tarbiyalanuvchilarining talab va istaklariga binoan ,,Tabibi xasaki’’(,,Makkora tabib’’) spektakli, sakkiz kun davomida har kuni to‘rtdan olti marotabagacha namoyish etildi.Gastrol safari davomida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi «Lo‘xtak» teatri jamoasi bilan ijodiy suhbat olib bordi.Qizg‘in suhbat chog‘ida teatrlar orasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda taqdim etilayotgan spektakllar hozirgi kun bolajonlariga yanada ta’sir qilishi uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida gaplashishdi. Suhbat so‘ngida «Lo‘xtak» teatri ijodiy jamoasi «Malikai sho‘x » nomli spektaklini namoyish etdi.Yuqori saviyada o‘tgan ijodiy uchrashuv ikkala teatrning o‘zaro aktyorlar almashinuvi orqali spektakllar namoyishini yo‘lga qo‘yish kelishuvi bilan yakunlandi. Tojikiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrini yana intiqlik bilan kutib qolishini ma’lum qilib, 2023-yilning 13-19-mart kunlari Buxoro viloyatiga o‘zining gastrol safarini uyishtirishini bildirdi. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri Alisher Navoiyning yana bir asariga qo‘l urdi. Davlat buyurtmasiga asosan 2022-yil repertuar rejasining IV choragidan o‘rin olgan «Farhod jasorati» spektakli — Alisher Navoiyning ,,Farhod va Shirin’’dostini asosida Haytmat Rasul insenirovkasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rejissyor — Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirildi. 22-noyabr kuni Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrining 2022-yil repertuar rejasi 4-choragidan o‘rin olgan, Davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan «Farhod jasorati» spektaklining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i — Doniyor Ne’matov Yunusovich, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi xodimlari -Gulbahor Xodjiyeva va Munisa Kurbanova, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi- Rita Genjayeva hamda shoir-dramaturg- Kamoliddin Shukur ishtirok etib, spektaklning mazmun mohiyati va bolajonlarga ta’siri haqida ijobiy fikrlar bildirishdi. 2022- yilning 28-noyabr kuni Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri jamoasi Buxoro shahar skolioz bilan kasallangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan sanatoriy turidagi 23-son maxsus maktab internatida, 1-dekabrda Viloyat hokimligi xalq ta`limi boshqarmasi tasarrufidagi 27- Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasida, 3-dekabrda Buxoro shahridagi bolalar muruvvat uyida , 3-dekabr –“Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan katta tadbir tashkillashtirdi. Tadbirda barcha davlat tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etib bolajonlarga o‘z bayram sovg‘alarini topshirdilar. Tadbir davomida Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri tomonidan tayyorlangan konsert dasturlarini tomosha qildilar. 2022-yilning 2-dekabr kuni Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida Alisher Navoiyning ,,Farhod va Shirin’’ dostoni asosida Haytmat Rasul insenirovkasi, rejissyor Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan ,,Farhod jasorati’’ spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi. Premerada Buxoro viloyat musiqali drama teatr xodimlari: O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, teatr va kino aktyori, rejissyor -Ubaydulla Omon, rejissyor – Gulnora Husenova, aktyor-Anvar Mavlonov, Kinomotografiya agentligi Buxoro viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i–Ali Choriyev hamda Buxoro viloyati sa’nat kolleji, Buxoro viloyati maqom maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari va Buxoro viloyati Xalq talim tizimidagi ma’naviyat va ma’rifat direktor o‘rinbosarlari tashrif buyurib spektakl yuzasidan fikrlarini bildirdi. Spektakl rejissyori Shamurat Yusopovning tajribasi, mehnatini e’tirof etib, spektakl nafaqat bolajonlar balki katta yoshdagi insonlarga ham ko‘rsatish bo‘yicha o‘z takliflarini aytib o‘tishdi. 2022-yilning 14-dekabr kuni teatr jamoasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi orqali namoyish etiladigan «Payyomi ro‘z» ko‘rsatuviga Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida olib borilayotgan ijodiy ishlar, yangiliklar hamda yaqinda Tojikiston Respublikasiga uyushtirilgan muvaffaqiyatli gastrol safarining tafsilotlari haqida intervyu berdi. 2023-yilning 13-19-mart kunlari Buxoro viloyatiga o‘zining gastrol safarini uyishtirishini bildirdi. 2023-yilning 19-yanvar kuni «Muruvvat» nogironligi bo’lgan ayollar internat uyida kayfiyat ko’taruvchi shou dasturlarini namoyish etdi. Tadbirlar so`ngida bolajonlarga olam-olam quvonch va xursandchilik ulashgani uchun Buxoro shahar skolioz bilan kasallangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan sanatoriy turidagi 23-son maxsus maktab internati direktori -D.Qahharova va 27- Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasi direktori — E.Ne`matov Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri direktori Y.Genjayev va teatr jamoasiga ,,Xalqaro nogironlar’’ kuniga bag`ishlab o`tkazilgan ,,Dunyoni bering bolajonlarga ‘’ nomli bayram dasturi va 23-son maxsus maktab internatida saxovatpesha insonlar sifatida xayriya konsertini tashkillashtirishda amaliy ko`mak berganligi, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo`lgan o`zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirib, beg`araz yordam qo`lini cho`zganligi uchun chuqur minntadorchilik izhor etib tashakkurnoma yo`lladilar. Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlab fevral oyi mobaynida Buxorodagi oliy ta’lim muassasalarining talabalariga «Farhod jasorati» nomli spektakl taqdim etildi. Shu munosabati bilan 2023-yilning 7-fevral kuni Buxoro tibbiyot instituti hamda Toshkent irrigatsiya institutining Buxoro filiali, 10-fevral kuni Buxoro Davlat Universiteti rahbariyati , o`qituvchi va talabalari bilan mehmon bo’lib, qo’g’irchoq teatrida nafaqat yosh bolalar uchun balki oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham spektakllar sahnalashtirishining guvohi bo’lib o’zgacha taassurot olishdi. Talabalar orasida nafaqat mahalliy balki chet davlatlari, jumladan Hindiston kelib tahsil olayotgan yoshlar borligi jamoani xursand qildi. Hindistonlik talabalar uchun maxsus jalb qilingan tarjimonlar orqali spektakl to`g`risida ijobiy fikrlar bildiridilar. 2023-yilning 11-mart kuni Tojikiston Respublikasi ,,Lo`xtak’’ teatr ijodiy jamoasi teatr badiiy rahbari boshchiligida O`zbekistonning boqiy va go`zal shaharlaridan bo`lgan Buxoroyi sharifga, aniqrog`i, Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatriga o`zining ,,Malikai sho`x’’ nomli ajoyib spektakli bilan tashrif buyurdi. Mehmonlar Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida teatr ijodiy jamoasi va Buxoro viloyat Filarmoniyasi ijodkorlari hamkorligida tantanali ravishda bir-biridan qiziqarli chiqishlari hamda Buxoroning holva, sumalak kabi mashhur va milliy shirinliklari bilan kutib olindi. ,,Lo`xtak’’ teatr ijodiy jamoasi Buxorolik bolajonlarga 13-martdan 19-mart kunigacha o`zining «Sho’x malika» nomli spektakli bilan birga, qiziqarli shou dasturini namoyish qilishi ham rejalashtirgan bo`lib, Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri sahnasida ikki: rus va tojik tilida tomoshalarini boshlab yubordi. Quvnoq kayfiyatda davom etgan spektakl va shoular har kuni toʻrt martadan namoyish etilib, kunlik tomoshabinlar soni 200 dan oshdi. Mehmonlarga teatr rahbariyati tomonidan maxsus esdalik sovg`alari topshirilib kirib kelayotgan navro`z bayrami munosabati bilan teatrda tashkillashtirilgan ,Sumalak sayli’’ga taklif qilindi. 2023-yilning 14-mart kuni Buxoro teleradiokompaniyasi ijodkorlari Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatriga gastrol safarini uyushtirgan Tojikiston Lo’xtak teatri bilan “Payomi ro’z” nomli ko’rsatuv uchun intervyu uyushtirishdi. Lo’xtak teatrining ijodiy jamoasi Buxoroning tarixiy obidalari haqidagi taassurotlari hamda Buxorolik bolajonlar “Sho’x malika” nomli spektaklni qay darajada qabul qilishgani haqida iliq fikrlar bildirishdi. 18-mart kuni Buxorolik bolajonlarni yanada xursand qilish maqsadida ,, Loʻxtakʼʼ teatri ijodkorlari Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri ijodiy jamoasi bilan Navro’z sayli arafasida Buxoro tumanidagi mahalla markazida tashkillashtirilgan Navro’z umumxalq bayrami tomoshalarini namoyish etdi. Yuqori saviyadagi tomoshalari bilan bolajonlarni mamnun qilgan,, Loʻxtakʼʼ teatri ijodkorlarining Buxoro viloyatiga gastrol safari oʻz nihoyasiga yetdi. 2023-yilning 2-aprelida Buxoro viloyat tibbiyot institutining Hindiston va Pokistonlik talabalari yana bir bor Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurib , teatr ijodkorlari tomonidan chet el sayyohlari uchun mo’ljallab sahnalashtirilgan “Buyuk ipak yo’li” nomli kompazitsion shou dasturini tomosha qilishdi. 2023-yilning 15-aprel Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan «15 aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” ga bagʻishlangan bayram tantanasi bo’lib o’tdi. Bunda barcha madaniyat tashkilotlari xodimlari bilan bir qatorda Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi ham ishtirok etib yil davomida samarali ijod qilganligi uchun aksariyat xodimlar : teatr bosh rassomi Zavqiddin Yodgorov, aktrisa Zilola Qarshiyevalar Buxoro Viloyat Hokimligi va viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Ushbu kun teatr jamoasi uchun juda quvonarli va yutuqlarga boy bo‘ldi, zero kun avvalida Toshkent shahrida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida teatrning oliy toifali aktrisasi va mahoratli rejissyori Munojot Ergasheva vazirlik tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlangan edilar.