Madaniyat vazirligi kömagida “Askiya, qiziqçilik va stendap” ijodiy birlaşmasi tomonidan “Kelajak söz ustasi” respublika körik-tanlovi taşkil etilmoqda.
Tanlovdan maqsad mahallalardagi iste’dodli yoshlarni aniqlaş, ularning ijodini qöllab-quvvatlaş va katta sahnaga çiqişiga imkon yaratiş.
Tanlov quyidagi yönalişlarda ötkaziladi:
- Askiya san’ati (jamoaviy);
- Qiziqçilik san’ati (yakkaxon va jamoaviy);
- Stendap san’ati (yakkaxon);
- Xalqaro yönaliş (yakkaxon va jamoaviy).
Tanlov 4 bosqiçda ötkaziladi:
- Mahalla bosqiçi;
- Tuman (şahar) bosqiçi;
- Hududiy bosqiç;
- Respublika bosqiçi.
Respublika bosqiçi ğoliblariga quyidagi pul mukofotlari beriladi:
1-örin — 30 million söm;
2-örin — 20 million söm;
3-örin — 10 million söm.
Röyxatdan ötiş quyidagilar orqali böladi:
Veb-sayt: xanda.uz
Telegram bot:@xandatanlovlarbot
20-noyabr kuni 23:59 da röyxatdan ötiş yakunlanadi.