Buxoroda “Buxoro doira sadolari” - milliy ijrochilik bayrami
Video || 12-Oct-2026 12:21 || 10
Bugun, 10-oktyabr kuni Buxoro shahridagi Labi Hovuz majmuasida joylashgan "Ko‘kaldosh" madrasasida Butunjahon nomoddiy madaniy meros kuniga bag‘ishlangan “Buxoro doira sadolari” festivali yuqori saviyada tashkil etildi.
Festival Buxoro viloyati hokimligi, YUNESCOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish yo‘nalishi, “Umrbоqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati markazi, Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyati bo‘limimas’ul tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.