Buxoroda badiiy havaskorlik jamoalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi amaliy qadam

Buxoroda badiiy havaskorlik jamoalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi amaliy qadam

Video || 18-Aug-2025 12:00 || 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlash hamda badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan taqdim etilayotgan madaniy dasturlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2024–2027-yillarda bosqichma-bosqich moddiy-texnika bazani mustahkamlash ishlari davom etmoqda.

Shu doirada Buxoro viloyati madaniyat bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan “Xalq unvoni”ga ega 14 ta badiiy havaskorlik jamoasiga zamonaviy texnik jihoz va uskunalar to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi. Marosim viloyat hokimi o‘rinbosari B. Shaxriyorov hamda Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tilavov boshchiligida o‘tkazildi.

Taqdim etilgan jihozlar jamoalarning sahna madaniyati va ijro imkoniyatlarini kengaytirishga, konsert-dasturlarni yuqori texnik darajada namoyish etishiga, shuningdek, aholi uchun ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida viloyat hokimi o‘rinbosari, Madaniyat boshqarmasi rahbariyati va tizim xodimlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda jamoalar faoliyatiga doir dolzarb masalalar muhokama qilinib, taklif va tashabbuslar tinglandi hamda ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Ushbu tadbir PQ-406-son qarori doirasidagi 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks dastur ijrosining muhim bosqichi bo‘lib, Buxoro viloyatida badiiy havaskorlik harakati va madaniy-ma’rifiy ishlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi.


Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash