Prezidentning “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-406-sonli qarori (https://lex.uz/docs/-6713092)ga ko'ra, joylarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko'ra, musiqa, raqs, teatr, qo’shiqchilik, sirk, tasviriy va amaliy san’at yo'nalishlarida qobiliyatingizni namoyish etish va mablag' jamg'arish imkoniyati mavjud.
Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida, Madaniyat vazirligi tomonidan streetart.uz platformasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda yurtimizning 17 ta ko‘cha va maydonlari (https://streetart.uz/participation-place)da mazkur loyiha amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihada professional va havaskor iste'dodlar ishtirok etishlari mumkin, yosh chegaralanmagan.
Hoziroq streetart.uz platformasi orqali ro'yxatdan o'ting hamda o‘z iste’dodingizni namoyon eting, mablag' jamg'aring, ovoz to‘plang va yulduz bo‘ling…
💥 Bu siz uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi bo'lishi mumkin...