🎶 Maqom sadosi – qadimiy Modarixonda!

🎶 Maqom sadosi – qadimiy Modarixonda!

Video || 17-Apr-2025 11:45 || 9

🗓  O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan “Modarixon” madrasasida sayyohlar va turizm sohasi vakillari uchun unutilmas konsert dasturi tashkil etildi.

🌍 Tadbirda viloyat turizm boshqarmasi xodimlari, turistik firmalar rahbarlari, tarjimon-gidlar hamda bir guruh xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

🎵 Maqom sadosi qadimiy obida go‘shasida yangrab, tomoshabinlarga milliy san’atimizning betakror ohanglarini tuhfa etdi. Mehmonlar xalqimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, musiqiy kechadan iliq taassurotlar bilan qaytishdi.

👥 250 nafardan ortiq tomoshabin ishtirok etgan ushbu kecha madaniy-ma’rifiy ruhda o‘tdi va san’at orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamladi.

✨ San’at – bu ko‘ngillarni bog‘lovchi til. Maqom – yuragimiz ohangi.

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi


Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash